So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Mirziyoyev Samarqandga yetib bordi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi« birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga yetib bordi.
Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Bugun, 2-aprel kuni davlat rahbari ertalab Samarqandga yetib kelgan Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazishi kutilmoqda.
Ertaga, 3-aprel kuni sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan. 4-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirokida koʻp tomonlama tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi ilk sammit 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi. Uchrashuvga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qiladi va unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirok etadi. 4-5-aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi boʻlib oʻtadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Sammit davomida Yevroittifoq oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha sodiqligini tasdiqlashi kutilmoqda. Bular qatoriga transport va raqamli aloqa, muhim xomashyo resurslari, iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi sheriklik hamda energetik oʻtish jarayoni kiradi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq sammit munosabati bilan Samarqand shahriga kirish yoʻllari vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgandi. Keyinroq esa mazkur sammit oʻtkazilishi munosabati bilan shahardagi ayrim oliy taʼlim muassasalariga 1-5-aprel kunlari qisqa muddatli oʻquv taʼtili berilishi maʼlum boʻldi.