So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi
Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31-mart kuni Xoʻjand shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Bildirilishicha, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak Ramazon hayiti bilan bir-birlarini va birodar xalqlarni samimiy tabrikladi. Shuningdek, Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik yuksak darajaga koʻtarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Qayd etilishicha, 2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Sanoat, energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Samarali hudulararo aloqalar va faol madaniy-gumanitar almashinuv yoʻlga qoʻyilgan.
Hukumatlararo komissiyaning boʻlajak yigʻilishida amaliy hamkorlik boʻyicha qoʻshma loyihalarni tezlashtirish choralari ishlab chiqilishi muhim ekani taʼkidlandi.
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan koʻp tomonlama sammitlar yuzasidan ham fikr almashdi.
Maʼlumot uchun, bugun, 31-mart kuni Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan. Prezidentlar sanʼat ustalari ishtirokidagi qoʻshma konsertda ham ishtirok etadi.