So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Oʻzbekgidroenergo” yangi loyihalari uchun qariyb 1 mlrd dollar investitsiya yoʻnaltirildi
27-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida jamiyat tomonidan “Oʻzbekgidroenergo” AJ: 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi rejalar» mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Mazkur anjumanda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkil topgandan buyon yangi qurilish va modernizatsiya loyihalariga qariyb 1 milliard dollar investitsiya yoʻnaltirilganligi va yil sayin jamiyatning salohiyati va jozibadorligi oshib borib, jalb qilinayotgan keng koʻlamli kapital qoʻyilmalari va xorijiy investitsiyalar hisobiga eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi GESlar barpo etilayotgani muhokama markazida boʻldi.
Jamiyat tomonidan bugungi kunga qadar umumiy quvvati 430 MVtga teng boʻlgan 55 ta GES foydalanishga topshirilgan. Shundan, 42 ta yangi GES qurilgan boʻlsa, 13 ta mavjud GES zamonaviy talablar asosida toʻliq modernizatsiya qilingan.
Eʼtiborli jihati, mazkur koʻrsatkich soʻnggi yillarda nafaqat yurtimizda, balki MDH davlatlari orasida ham salmoqli natija hisoblanadi. “Oʻzbekgidroenergo” AJ milliy elektr tarmoqlariga elektr energiyasini yetkazib berish asnosida, yirik soliq toʻlovchi sifatida oʻtgan yilning oʻzida davlat byudjetiga qariyb 1 trillion soʻmlik soliq va boshqa toʻlovlarni amalga oshirgan.
Muallif: Gulbibi Eshmatova