So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti boʻlish istagini bildirdi
UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor yana oʻzining Irlandiya prezidenti boʻlish niyati borligini X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi.
“Irlandiya, tanlov sening qoʻlingda, va bu juda oddiy. Meni prezidenting deb tanla va biz birgalikda Irlandiyani qutqaramiz”, deb yozdi Makgregor.
U yana bir postida Yevropa Ittifoqining 2024-yil may oyida tasdiqlangan migratsiya paktiga keskin tanqid bilan chiqdi. Ushbu hujjatga koʻra, mamlakatlar har yili belgilangan sonidagi migrantlarni qabul qilishi yoki ularni qabul qilgan qoʻshni davlatlarga mablagʻ toʻlashi lozim. Irlandiya ushbu majburiyatni 2026-yil 12-iyungacha bajarishi kerak. Makgregor esa bu masalani referendumga qoʻyish kerak, deb hisoblaydi.
“Mendan boshqa kim hukumatga qarshi chiqadi? Ular taqdim etgan har qanday nomzod hech qachon ularga qarshi chiqa olmaydi. Lekin men qila olaman! Agar men prezident boʻlsam, bu qonun loyihasini referendumga qoʻygan boʻlardim. Men bu paktga keskin qarshi, lekin bu qaror mendan ham, hukumatdan ham mustaqil”, deb yozgan u.
Shu haftaning boshida Makgregor AQSH prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashdi. Brifing chogʻida u Irlandiya hukumatini tanqid qilib, “hukumat xalqning ovozini sotdi va migrantlarga hududlardagi shaharlarini egallashga yoʻl qoʻyib berdi”, dedi.
Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin esa Makgregorning bayonotiga javoban “irland xalqi qarashlarini aks ettirmaydi”, deya javob qaytardi.
Makgregor ilk bor 2024-yil sentyabrda prezidentlikka nomzod boʻlish niyati borligini bildirgan edi. Irlandiyada prezidentlik saylovlari 2025-yil noyabrda boʻlib oʻtadi. Hozirgi prezident — 83 yoshli Maykl Higgins.
Shu bilan birga, 2023-yil noyabrida sud Konor Makgregorni Dublin shahrida Nikita Hend ismli ayolni zoʻrlaganida aybdor, deb topgan va unga jabrlanuvchiga 248 ming yevrodan ortiq tovon toʻlash toʻgʻrisida hukm chiqargan edi. Keyinchalik sud sportchini 1,5 mln yevro miqdorida qoʻshimcha kompensatsiya toʻlashga ham majbur qilgan — bu summa sud xarajatlarini ham oʻz ichiga oladi.