So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Qozogʻistonda qimor oʻynagan harbiylar armiyadan chetlatildi
Bu haqda vazirlikning harbiy politsiya bosh boshqarmasi xodimi Yertay Yeralin maʼlum qildi.

Qozogʻiston Mudofaa vazirligi yetti nafar harbiy qimor oʻynagani uchun Qurolli kuchlar safidan chetlatilganini maʼlum qilgan.
Yeralinga koʻra, qimor oʻyinlariga moyil harbiylarni armiyadan chetlatish boʻyicha qonuniy cheklovlar 2024-yil 9-sentyabrda kuchga kirgan. Hozirda harbiy xizmatchilarni aniqlash boʻyicha ish olib borilmoqda.
Shu bois, hozirdan boshlab, agar shunday harbiylar aniqlansa, ularga nisbatan chetlatishgacha boʻlgan chora koʻriladi. Doimiy ravishda maxsus tadbirlar va profilaktika choralari oʻtkaziladi. Bu yil qimor oʻyinlari bilan bogʻliq oʻz joniga qasd qilish holatlari boʻlmagan. 7 nafar harbiy xizmatchi qimor oʻyinlarida ishtirok etgani uchun Qurolli kuchlar safidan boʻshatilgan, dedi Mudofaa vaziri vakili Yertay Yeralin.
Qozogʻistonlik deputat Konstantin Avershin avvalroq askarlar ludomaniya (pul tikiladigan oʻyinlarga moyillik) tufayli qarindoshlaridan pul soʻrayotganini aytgan edi.
Haqiqatan ham, ludomaniya deb ataladigan katta muammo mavjud. Hozirda har bir gadjet va qurilma orqali bizda onlayn-kazinolarga ruxsat berilgan. Biz qabul qilgan “Ludomaniya” toʻgʻrisidagi qonun katta qiyinchiliklar bilan oʻtdi, hatto Majlis deputatlariga jismoniy zoʻravonlik bilan tahdid qilishgacha boʻlgan qarshiliklar kuzatilgan. Shuning uchun bu muammoni juda kompleks tarzda koʻrib chiqish lozim.
Aslida, biz bir nechta harbiy xizmatchilarni tekshirdik. Ularning ota-onalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, ular doimiy ravishda pul soʻragan.
Tekshirib koʻrdik, qarab chiqdik: harbiy qismlarda tovlamachilik holatlari boʻlmagan. Ammo juda chuqur bogʻliqlik, yaʼni ludomaniya holatlari kuzatildi, degan edi deputat.



