So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Davlat zaxirasidagi yer maydonini sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Bu boʻyicha Fargʻona viloyati IIBB JQB ga murojaat qilingan.
Ushbu murojaat Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga fuqaro Sh.V.dan davlat zaxirasidagi yerni sotishga urinish boʻyicha kelib tushgan.
Shuningdek, mazkur murojaat yuzasidan viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.N. Uchkoʻprik tumani “Kenagas” mahallasi hududida joylashgan davlat zaxirasida boʻlgan jami 2,5 gektar yer maydonini 650 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgani aniqlandi.
Fuqaro M.N. sotmoqchi boʻlgan yer maydonining hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 100 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir