So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Abduqodir Husanovning transfer narxi keskin oshib ketdi
Oʻzbekistonlik markaziy himoyachi Osiyoning eng qimmat toʻrtinchi futbolchisiga aylandi.
Kecha, 18-mart kuni Angliyada futbolchilarning transfer narxi yangilandi va “Manchester Siti”ning oʻzbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer qiymati 23 million yevroga qimmatlashib, 35 million yevroga yetdi.
Husanovning narxi qimmatlashi Oʻzbekiston milliy terma jamoasining umumiy qiymatiga ham sezilarli darajada taʼsir qildi va “oq boʻrilar” Osiyodagi eng qimmat 3-terma jamoaga aylandi.
Hozirga kelib, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining umumiy qiymati 70 million yevroga yetdi va jamoa qiymati boʻyicha Eron, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iroq va Iordaniya kabi terma jamoalarni katta farq bilan ortda qoldirdi.
Yaponiya terma jamoasi 307 million yevrolik qiymat bilan hamon Osiyoning eng qimmat terma jamoasi boʻlib turibdi. Bu borada 121 million yevrolik tarkibga ega Janubiy Koreya 3-oʻrinni band etgan.
Qayd etish joiz, transfer narxi oshganidan keyin Husanov Osiyoning eng qimmat 4-futbolchisiga aylandi. Faqatgina “Brayton” aʼzosi Kaoru Mitoma, “Bavariya” futbolchisi Kim Min Jae va “Real Sosyedad” futbolchisi Takefusa Kuboning transfer narxi Husanovning qiymatidan qimmatroq.