So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Shavkat Mirziyoyev Napaleon taʼsis etgan orden bilan taqdirlandi
Fransiyada ushbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida eʼtirof etilishi va shon-sharafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.
Ikki asrdan ziyod tarixga ega boʻlgan Faxriy legion ordeni Fransiyaning eng oliy davlat mukofoti boʻlib, ushbu orden bilan dunyoga mashhur ayrim davlat va jamoat arboblari taqdirlangan.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevni Fransiyaga davlat tashrifi chogʻida Prezident Makron 1802-yilda Napoleon Bonapart taʼsis etgan ushbu orden bilan taqdirladi.
Aytishlaricha, Oʻzbekiston Prezidenti ushbu ordenga ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun sazovor boʻlgan.
Shu kungacha mazkur oliy orden bilan Fransiya prezidenti general Sharl de Goll, Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill, Germaniya kansleri Angela Merkel kabi mashhur siyosatchilar mukofotlangan.
Oʻzbekiston – Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlanishi yurtimiz rivojiga xizmat qiladi.