So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Salom Samadov Toshkent viloyatidagi qurilish loyihalari bilan tanishdi
Bosh prokuror oʻrinbosari Salom Samadov tomonidan Toshkent viloyatida qurilishga oid davlat dasturlari va boshqa dolzarb topshiriqlar ijrosi oʻrganilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, masʼullar joriy yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosi boʻyicha Qibray tumanidagi 34, 35-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazini rekonstruksiya qilish obyektlarida boʻlib, taʼlim muassasalarining loyihalarini qayta koʻrib chiqib, oʻquv oʻrni sonini oshirish, tibbiyot muassasasida esa qurilishni muddatida va sifatli bajarish boʻyicha topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olingan.

Shuningdek, masʼullar tomonidan Chirchiq shahridagi 17, 20, 30-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 2, 15-sonli maktabi hamda yuqumli kasalliklar shifoxonasini rekonstruksiya qilish obyektlarining loyihalari bilan tanishilgan.

Loyihalarni optimallashtirish hisobiga oʻquv va qatnov oʻrinlari sonini oshirish, ortiqcha ish turlarini loyihaga kiritmaslik orqali byudjet mablagʻlarini iqtisod qilish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan. Ayni kunda oʻrganish ishlari davom etmoqda.
