So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Dushanbeda Oʻzbekiston - Tojikiston “Doʻstlik bogʻi” barpo etiladi
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik va strategik hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Dushanbe shahrida “Doʻstlik bogʻi” tashkil etilmoqda.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ushbu loyiha nafaqat ikki davlat oʻrtasidagi qardoshlik ramzi, balki ekologik barqarorlik va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish yoʻnalishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilning 12-fevral kuni Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurib, Tojikiston Qishloq xoʻjaligi vaziri birinchi oʻrinbosari Asozoda Nuraly Mahmadullo bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida bogʻ loyihasi muhokama qilinib, amalga oshirish choralari belgilandi. Tashrif davomida rasmiylar Dushanbe shahrida joylashgan “Doʻstlik bogʻi” uchun ajratilgan hududni borib koʻrishdi va loyiha bosqichlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida zarur tavsiyalar ishlab chiqildi, shu kuni loyihaning amaliy ishlariga start berildi.
Mazkur loyiha doirasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish – suvdan samarali foydalanish va ekinlarning yaxshi oʻsishi uchun zamonaviy sugʻorish texnologiyalari oʻrnatiladi.
Koʻchatlar yetkazib berish – Oʻzbekistondan yuqori sifatli Tojikiston iqlimiga moslashtirilgan mevali daraxt koʻchatlari olib kelinib, ularning barqaror oʻsishini taʼminlash uchun maxsus agrotexnik xizmatlar ham koʻrsatiladi.
Yer tayyorlash va unumdorlikni oshirish – bogʻ uchun ajratilgan yer maydonida unumdorlikni oshirish ishlari olib boriladi, sifatli oʻgʻitlar bilan taʼminlanadi.
Bogʻ infratuzilmasini yaratish – sugʻorish tizimlari, himoya va parvarish qilish tizimlari, bogʻ dizayni va ekish jarayonlari toʻliq rejalashtiriladi.
Agronomik maslahatlar va tajriba almashish – Oʻzbekistondan tajribali mutaxassislar jalb qilinib, Tojikistonlik qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.



