So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oq uy AP jurnalistlariga taʼqiqlar joriy qildi – ular Meksika koʻrfazi nomining oʻzgartirilishiga qarshi chiqqandi
The Associated Press agentligi xodimlariga Meksika koʻrfazini Amerika deb atashdan bosh tortgani uchun Oval kabinetda va Air Force One samolyotida koʻrinish berish taqiqlandi.
The Associated Press (AP) agentligi xodimlariga Oq uyning Oval xonasida va AQSH prezidentining “1-raqamli bort” hisoblanmish Air Force One samolyotiga chiqishi taqiqlandi. Bu haqda Oq uy xodimlar apparati rahbarining kommunikatsiya va kadrlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Teylor Budovich 14-fevral, juma kuni X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.
Qaror AP oʻz nashrlarida Meksika koʻrfazi nomini Amerika koʻrfaziga oʻzgartirishdan bosh tortgani sababli qabul qilindi. “Associated Press Amerika koʻrfazi geografik nomining qonuniy oʻzgarishini eʼtiborsiz qoldirishda davom etmoqda”, — dedi Budovich va agentlikni “notoʻgʻri axborot tarqatish”da aybladi.
“Ularning masʼuliyatsiz va adolatsiz reportajlar tayyorlash huquqi Konstitutsiyaning Birinchi tuzatishi bilan himoyalangan, ammo bu ularga Oval xona va prezident samolyoti kabi yopiq joylarga toʻsiqsiz kirish imtiyozini bermaydi”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Shu bilan birga, The Associated Press jurnalistlari va fotosuratchilari Oq uy majmuasiga tashrif buyurish huquqini saqlab qolishlarini apparat rahbari oʻrinbosari taʼkidladi.