So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Bahriddin Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh Sirdaryoda!
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari Bahriddin Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatida xorijiy investitsiyalar hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirilishi belgilangan loyihalarning joriy holatini joyiga chiqqan holda oʻrganish va ularni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni bartaraf etish tadbirlari davom ettirilmoqda.
Jumladan, Sayxunobod tumanidagi “ABDULRAZAK OTA EXPORT” MCHJ (Afgʻoniston) xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Parrandachilik klasteri, ichimlik suvi va tabiiy sharbat ishlab chiqarish va restoran tashkil etish” loyihasi joyiga chiqqan holda oʻrganilganda, korxona tomonidan auksion savdosida sotib olingan sobiq mashina traktor parki binosiga tijorat banklari va soliq organlari tomonidan qoʻyilgan taʼqiqni olish muammosi aniqlangan.

Shuningdek, tumandagi “Beshefar group” MCHJ tomonidan “Bugʻdoyni qayta ishlab un mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini oʻrganish davomida Vazirlar Mahkamasining 28.06.2024-yildagi “Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 364-sonli qaroriga asosan korxona joylashgan sanoat zonasiga 2 ta 25 MVli transformator podstansiya qurish va mavjud “Goʻzal” podstansiyasidan 54,3 km boʻlgan 110 kVli elektr uzatish havo tarmogʻini tortish uchun Respublika byudjetidan 60, mlrd. soʻm mablagʻ ajratilganligi, biroq moliyalashtirish ochilmaganligi sababli qurilish ishlari boshlanmaganligi maʼlum boʻlgan.

Qayd etilgan, muammoli masalalarni qonuniy hal etilishi yuzasidan mutasaddi idoralarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Aytilishicha, ishchi guruhning Sirdaryodagi oʻrganishlari davom etmoqda.
