So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
MOQ Yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligi bekor qilinishi yuzasidan bayonot berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 2025 yilgi III Osiyo yoshlar o‘yinlari mezbonligi Bahraynga o‘tkazilgani bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Avvalroq Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 2025 yilgi III Osiyo yoshlar o‘yinlari mezbonligi Bahraynga o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, bugun, 2 dekabr kuni Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Onlayn formatda tashkil etilgan majlis kun tartibidan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va Sport vazirligining murojaatini ko‘rib chiqish ham o‘rin olgan.
Pandemiyadan keyingi cheklovlar sababli Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazish jarayonida uzilishlar kuzatilgani va foydalanishga topshirish muddati kechikishini inobatga olgan holda O‘zbekiston tomoni OOKdan III yoshlar Osiyo o‘yinlari muddatini yana bir yilga surishni so‘ragan.
Biroq Olimpiya sport turlaridagi bellashuvlar kelgusida Dakar-2026 o‘smirlar yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini bajarishi nazarda tutilgani bois OOK III yoshlar Osiyo o‘yinlari 2025 yilda tashkil etilishi muhimligini bildirgan.
Shu tufayli, OOK III yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligini Bahraynga topshirgan va O‘zbekistonga Islom birdamligi o‘yinlari yoki Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari kabi kattalar miqyosidagi yirik kompleks tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qilgan.
«Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston ommaviy sport va olimpiya harakatini rivojlantirishga sodiq qolmoqda. Shu ma’noda, Olimpiya shaharchasini barpo etish, undan unumli foydalanish va uning negizida sportimizni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan berilgan barcha topshiriqlar ijrosi ta’minlanadi va kelajakda bu majmua yirik sport tadbirlarini o‘tkazishga har tomonlama tayyor bo‘ladi», deyiladi bayonotda.



