So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
O‘zbekiston Yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligidan o‘zi voz kechgan – OOK
Osiyo Olimpiya kengashining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi OOKga 2025 yil sentyabr oyida Olimpiya shahri qurilishi rejalashtirilganidek, o‘yinlarni o‘tkaza olmasligi haqida xat yuborgan.
Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) O‘zbekiston mezbonlikdan chiqqanidan keyin 2025 yilgi Osiyo yoshlar o‘yinlari Bahraynda o‘tkazilishini e’lon qildi.
OOK Ijroiya kengashining 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan onlayn yig‘ilishida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi OOKga 2025 yil sentyabr oyida Olimpiya shahri qurilishi rejalashtirilganidek, o‘yinlarni o‘tkaza olmasligi haqida xat yuborgani eshitildi.
OOK Bosh direktori janob Husain Al Musallam 2025 yilgi o‘yinlar yosh cheklovlari va saralash bo‘yicha 2026 yilda Senegalning Dakar shahrida bo‘lib o‘tadigan yoshlar Olimpiya o‘yinlari bilan bog‘liqligini, shuning uchun Osiyo o‘smirlar o‘yinlarini keyinga qoldirish mumkin emasligini aytdi.
Bahrayn olimpiya qo‘mitasi, sport maydonchalari, turar joy va tibbiy xizmatlar nuqtayi nazaridan 2025 yilda o‘yinlarni o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Bahrayn Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi janob Faris Al Kuxeji o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari rahbariyat, xususan, BOK prezidenti shayx Xolid bin Hamad Al-Xalifa tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.
OOK Ijroiya kengashi 2025 yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining Bahraynda o‘tkazilishini bir ovozdan ma’qulladi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga barcha sarmoyalari uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston kelajakda yirik tadbirlarga mezbonlik qilishi mumkinligini aytdi.