So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Trampga nisbatan jinoiy ishlar toʻxtatildi
Maxsus prokuror Jek Smit suddan AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampga qarshi ishni tugatishni soʻradi. Bu haqda uning oʻzi 25-noyabr kuni maʼlum qildi.
Sudya Tanya Chutkan nomiga bergan bayonotida Smit AQSH Konstitutsiyasi sudlanuvchining inauguratsiyasidan oldin ishni tugatishni talab qilishini tushuntirdi. Oʻsha kuniyoq Chutkan ishni rasman toʻxtatdi.
Saylov kampaniyasi vaqtida Donald Tramp Jek Smitni Oq uyga qaytishi bilanoq ishdan boʻshatishini aytgan edi.
Umuman olganda, Donald Tramp AQSHda toʻrtta jinoiy ish boʻyicha ayblangan. 25-noyabr kuni ikkita federal ish yopildi: ular siyosatchining 2020-yilgi AQSH prezidentlik saylovlariga aralashishga urinishi va maxfiy hujjatlarni notoʻgʻri saqlash bilan bogʻliq.
Donald Trampga qarshi yana ikkita ish shtat darajasida qoʻzgʻatildi: Nyu-York va Jorjiya. Birinchisida, sobiq prezident biznes hujjatlarini qalbakilashtirishda ayblanmoqda. Hakamlar hayʼati uni aybdor deb topdi, shundan soʻng u qaror ustidan shikoyat qildi va sudya ishni toʻxtatdi.
Ikkinchi holatda Tramp 2020-yilda amaldagi prezident Jo Baydenga magʻlub boʻlgan Jorjiyadagi prezidentlik saylovlari natijalariga taʼsir oʻtkazishga uringanlikda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, Donald Trampga nisbatan ikkita fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan. Ular 1990-yillar oxirida sobiq jurnalist Jan Kerrollning jinsiy zoʻravonligi va keyinchalik uning tuhmati bilan bogʻliq.