So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Taniqli futbol mutaxassis vafot etdi
Uzoq yillar davomida o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shgan mutaxassis Muxtor Hoshimov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Muxtor Muinovich Hoshimov 1948-yilda tavallud topgan. 1960-yilda “Paxtakor” futbol maktabida shugʻullanishni boshlagan. 1965-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi safida yoshlar kubogi sohibi boʻlgan.
“Politotdel”, “Dimitrovets”, “Oq oltin” jamoalarida toʻp surgan. 1972-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1993-yilda oʻsha vaqtdagi Oʻzbekiston futbol federatsiyasida ommaviy futbol boʻlimi boshligʻi, 2006-yildan esa musobaqalar boʻlimi boshligʻi, 2009–2017-yillar davomida esa Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.
Umrining soʻnggi yillarida esa OʻFA Futbolchilarning maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmita raisi sifatida faoliyat yuritgan.