So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Biz uchta slavyan xalqimiz. Na amerikaliklar, na yevropaliklar hech kim bizga yaxshilik qilmaydi” – Lukashenko
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya va Ukraina uning mamlakatida muzokara olib borishi kerakligini aytdi
“Biz uchta slavyan xalqimiz. Na amerikaliklar, na yevropaliklar — hech kim bizga yaxshilik qilmaydi va yordam bermaydi. Biz oʻtirib, rozi boʻlishimiz kerak. Nega Belarusda? Biz Ukraina boʻyicha kelishuvga kelganimizda manfaatlarimiz buzilmasligini istaymiz”, deya taʼkidladi u.
Lukashenkoning soʻzlariga koʻra, u oʻz mamlakatining mojaroga tortilishini istamaydi, ammo keskinlik davom etmoqda.
“Hech qanday sharoitda bu ishga aralashmaslik kerak. Rossiya va NATO oʻrtasida toʻqnashuv boshlansa, bizga ham oson boʻlmaydi. Men urush bizning hududimizda boʻlishini, kimningdir manfaatlari shu yerda, bizning hisobimizdan hal qilinishini istamasdim”, dedi Belarus rahbari.
Shu bilan birga, u Belarus hech qachon muzokaralarda vositachilik qilishni soʻramaganini va “bu hodisani yoqtirmasligini”, ammo hozir uning xavfsizligi urushga bogʻliqligini va shuning uchun Minsk Kiyev va Moskvaga muloqotda yordam berayotganini taʼkidladi.
31oktabr kuni Lukashenko Ukraina va Rossiya Federatsiyasiga qoʻshimcha shartlarsiz muzokaralarni boshlashni taklif qilgan edi.