So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“Oʻzbekneftgaz”: "Schlumbegrer” kompaniyasi jamiyat mutaxassislarini neft-gaz quduqlarini aniqlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga oid bilim va malakalarini oshirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 5-noyabrda qabul qilingan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirigʻi bilan Konlarni ishlatish departamenti tarkibida “Modellashtirish markazi” tashkil qilindi. Modellashtirish markazi tomonidan hozirgi kunga qadar 120 ta geologik, 73 dan ortiq gidrodinamik, 40 ta tarmoq va 2 ta integral model hamda milliy maʼlumotlar bazasi yaratilib, ishlab chiqarishga faol tatbiq etildi.
Modellashtirish markazi zimmasiga geologik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilishda hamda konlarni ishlatishni rejalashtirish va boshqarishda IAM (Integrated Asset Modeler) dasturidan foydalangan holatda kompleks yondashuvga bosqichma-bosqich oʻtish vazifasi qoʻyilgan.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan yuqori malakali jahon andozalari darajasidagi mutaxassislarni jalb etgan holda xodimlarining malakasini oshirish kurslarini oʻtkazish orqali Jamiyatning jahon bozoridagi nufuzini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Markazning faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida mutaxassislar uchun seysmik maʼlumotlarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha oʻquv kursi tashkil qilindi.
Ushbu oʻquv kursi “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Schlumberger” kompaniyasi hamkorligida tashkil qilindi. Unda respublikamiz konlari va yangi hududlarining geologik modellarini tuzishda geologik va geofizik maʼlumotlarni tahlil qilishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish orqali yangi izlov-qidiruv va ishlatish quduqlarini joyini aniqlashda noaniqliklar va xavflarni kamaytirish boʻyicha mavzularda maʼruzalar qilindi.
Oʻquv kursining asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasidagi neft va gaz konlarida integratsiyalashgan modellarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etishning yangi yoʻnalishini chuqur oʻzlashtirishdan iborat.
Konlarni ishlatishni rejalashtirish va uglevodorodlarni qazib chiqarish jarayonlarini boshqarishda hamda ishlab chiqarish aktivlarini modernizatsiya qilish va ularni konlarning butun hayotiy sikli davomida ishlatish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun IAM dasturiy taʼminoti eng toʻliq va moslashuvchan platforma hisoblanadi.
IAM dasturiy taʼminoti korxona darajasida qaror qabul qilish uchun individual yuqori ixtisoslashtirilgan modellarni (qatlam modeli, kon ustki jihazlarining tarmoq modeli, neft va gazni qayta ishlash modeli va iqtisodiy model) yagona modelga birlashtirish imkonini beradi.
Bunday yechim konni oʻzlashtirish konsepsiyasini tanlash, loyiha hujjatlarini tayyorlash yoki uglevodorod qazib olishni optimallashtirish hamda kunlik texnologik operatsiyalarni amalga oshirishda ishlatilishi mumkin.
Oʻquv kursi amaliy mashgʻulotlarlar va tajriba almashish bilan birga keng muhokamalarga boy tarzda oʻtdi. Trening yakunida ishtirokchilarga “Schlumbegrer” kompaniyasining “Petrel Geophysical Interpretation” yoʻnalishida xalqaro standartlarga mos keluvchi sertifikatlar topshirildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati



