So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
"We Global Football": Oʻzbekiston Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qanday baholamoqda
Osiyoda 2026-yilgi jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqich 6-tur oʻyinlaridan keyin We Global Football portali milliy jamoalarning okean ortidagi turnirga borish imkoniyati foizlarini yangiladi. KXDR ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng Oʻzbekistonning mundialda ishtirok etish imkoniyati oshirilgan.

Oʻzbekiston milliy jamoasining 4-turda Birlashgan Arab Amirliklari ustidan qozongan gʻalabasidan (1:0) keyin A guruhidan JCH-2026 final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma olish imkoniyati 93,1 foizga koʻtarilgan, Qatardan uchralgan magʻlubiyatlan keyin esa Srechko Katanes shogirdlarining imkoniyati 93,1 foizdan 84,8 %ga pasaytirilgandi. Shimoliy Koreya ustidan gʻalabadan (1:0) keyin esa statistik portal Oʻzbekistonning mundialga chiqish imkoniyatini 86,7 foizga oshirgan.
Mamlakatimiz milliy jamoasi mundialga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun daʼvogarlar orasida hamon Yaponiya, Eron va Janubiy Koreyadan keyingi 4-oʻrindan joy olgan.
Qayd etish joiz, Oʻzbekiston milliy jamoasining 3-turda Eron bilan durang (0:0) qayd etganidan keyin A guruhidan JCH-2026 final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl olish imkoniyati 75,9 foizdan 82,8 foizga koʻtarilgan edi. 2-turda Qirgʻiziston ustidan erishilgan gʻalabadan (3:2) keyin Oʻzbekistonning imkoniyati 70,3 foizdan 75,9 foizga koʻtarilgan, JCH-2026ga chiqa olmaslik imkoniyati esa 1 foizdan 0,4 foizgacha pasaytirilgan edi.
A guruhidan Eronning JCH-2026ga toʻgʻridan-toʻgʻri borish imkoniyati eng yuqori baholangan – 99,6%. Portal Osiyodan Yaponiya JCH-2026 masalasini amalda hal qilgan deb hisoblamoqda – 100 foiz.
Osiyo milliy jamoalarining 6-turdan keyin JCH-2026ga borish imkoniyatlari (We Global Football talqini):
1. Yaponiya – 100% (5-turdan keyin – 99.9 % edi)
2. Eron – 99.6% (99.4 %)
3. Janubiy Koreya – 99.2% (99.5 %)
4. Oʻzbekiston – 86.7% (84.8%)
5. Avstraliya – 79.2% (72.3 %)
6. Iroq – 77.9% (44.3 %)
7. Iordaniya – 21,4 % (45 %)
8. BAA – 12,6 % (8,6 %)
9. Saudiya Arabistoni – 11.4% (22,9 %)
10. Bahrayn – 4 % (2.4 %)
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston navbatdagi turda 20-mart kuni Toshkentda Qirgʻizistonni qabul qiladi. Milliy jamoamiz A guruhida peshqadam Erondan (16) keyingi 2-oʻrinni (13 ochko) egallab turibdi.
Eslatib oʻtamiz, JCH-2026 uchun Osiyoga 8,5 oʻrin ajratilgan. Uchta guruhdan 2tadan jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmaga ega chiqsa, guruhlardagi 3-4-oʻrindagi jamoalar pley-offlar orqali qolgan 2,5ta yoʻllanma uchun kurash olib boradi. Jahon chempionati 2026-yilning 11-iyun — 19-iyul kunlari AQSH, Kanada va Meksikaning 16ta shahrida boʻlib oʻtadi.



