So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Putin Ukraina urushida yengilganini tan oladimi?
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp bilan Ukraina masalasida muzokaralarga tayyor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Reuters” ism-sharifi oshkor qilinmagan beshta manbaga tayanib yozishicha, Kreml Donald Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishga tayyor.
Agentlikka ko‘ra, Putin muhim hududiy yon berishlarga tayyor emas, biroq hozirgi front chizig‘i bo‘ylab mojaroni muzlatishga rozi bo‘lishi mumkin.
Moskva birdaniga qisman ishg‘ol qilingan to‘rtta hududga (Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlari) rasman da’vo qilgan bo‘lsa-da, Kreml ularni bo‘lish haqida gapirishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari, qoʻshinlarni Xarkov va Nikolaev viloyatlaridan olib chiqishga rozi. Putin Qrimning kelajagini muhokama qilmoqchi emas, Moskva 2014 yilda anneksiya qilingan yarim orolni qaytarish niyatidan uzoq.
Reuters agentligining qayd etishicha, Kremlning talablari AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukraina armiyasiga Amerikaning ATACMS raketalaridan foydalangan holda Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat berish haqidagi yaqindagi qarori tufayli o‘zgarishi mumkin.