So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Ukarinaga Rossiyaga zarba berish uchun yana bir zamonaviy qurol beriladi
AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Britaniyaning uzoq masofaga uchuvchi “Storm Shadow” raketalarini Rossiya hududiga chuqur zarbalar berish uchun ishlatishga ruxsat berdi. Bu haqda “The Times” gazetasi Dauning-Streetdagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer va uning hukumat aʼzolari Rossiyaga jang maydonida strategik ustunlik bermaslik uchun operativ sabablarga koʻra “Storm Shadow” haqida rasmiy bayonot bermaydi.
Qayd etilishicha, London bir necha oydan beri Vashingtondan Rossiya Federatsiyasining hududiga boʻronli zarba berish uchun ruxsat olishga harakat qilmoqda. Gap Britaniya raketalari haqida ketayotgan boʻlsada, ulardan muvaffaqiyatli foydalanish Amerikaning boshqaruv tizimisiz imkonsizdir.
Shu bilan birga, Starmerning ittifoqchilari “The Times” nashriga “Storm Shadow” raketalarining Rossiya hududiga chuqur zarba berishini maʼqullash Ukrainadagi mojaroning borishini oʻzgartirmasligini aytdi.
Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri Ben Uolles, ushbu raketalarning Rossiya Federatsiyasiga qarshi ishlatilishi kuchli signal boʻladi, degan fikrni bildirdi. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, Germaniyaning “Taurus” qanotli raketalarini Kiyevga topshirishi yanada muhimroq qadam boʻladi.
17-noyabr kuni “The New York Times” oʻz manbalariga tayanib, AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina hududidan Rossiya Federatsiyasiga ATACMS raketalari bilan zarbalar berishga ruxsat bergani haqida xabar berdi.
“The Times” nashrining yozishicha, tegishli qaror Vashingtonda ommaviy axborot vositalariga tarqalib ketishidan uch kun oldin qabul qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi 19-noyabrga oʻtar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Bryansk viloyati hududiga ATACMS raketalari bilan hujum qilgani, ulardan beshtasi “Pantsir” va S-400 tizimlari tomonidan urib tushirilgani, yana biri shikastlangani haqida xabar bergan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G20 sammitidagi ishtirokidan soʻng boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida sodir boʻlgan voqeani izohlar ekan, Ukraina Qurolli kuchlarining Bryansk viloyatiga ATACMS raketalari bilan bergan zarbalari Gʻarb kuchayishni xohlayotganiga ishora boʻlib xizmat qilganini aytdi.