So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Qodirov AQSH askarini oʻldirdimi?
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiyaning Bryansk viloyatida AQSH askari oʻldirilganini iddao qilmoqda. U bu haqda oʻzining Telegramʻdagi kanalida maʼlumot berdi.
Qodirovning yozishicha, Rossiyada yoʻq qilingan askarlardan biri AQSH prezidenti Jo Bayden bilan ham koʻrishgan.
Qodirovning iddaosicha, guruh falastinliklarga qarshi maxsus operatsiyada qatnashgan va shu sababli janob Jo bilan uchrashgan.
“Oktyabr oyi oxirida Bryansk viloyatida xorijliklardan tashkil topgan qoʻporuvchilik guruhi yoʻq qilindi. Bu oddiy yoki tasodifiy harakat emas. Ular Rossiya hududida bir qator sabotaj operatsiyalarini rejalashtirgan professional jangchilar edi. Yoʻq qilinganlardan biri tatuirovka qilingan «qoʻriqchi” edi. Ehtimol, u bir yil oldin, Bayden bobo falastinliklarga qarshi maxsus operatsiyada ishtirok etgan Isroildagi bir xil darajada oʻta maxfiy boʻlinmaning oʻta maxfiy jangchilari bilan uchrashganida, internet yulduziga aylangan. Oʻshanda Oq uy sharmandalarcha bu suratni internetdan oʻchirib tashlashga uringan edi», degan chechen siyosatchi.
Checheniston rahbarining kinoya bilan aytishicha, uning kolleksiyasida M249 pulemyoti boʻlmagan. Amerikalik askar esa Qodirovning jamlanmasini toʻldirish uchun dunyoning yarmini bosib oʻtib Rossiyaga kelgan.
“Chaqirilmagan mehmonimiz bir joyda oʻtira olmadi. Bir yil oʻtgach, u hayotining oxirigacha yangi va unutilmas tuygʻularni xohladi. Chegarachilarimiz bilan uchrashgandan soʻng uning orzusi ushaldi. Lekin men unga alohida «minnatdorchilik”imni bildirmoqchiman. Gap shundaki, mening kolleksiyamda Amerika armiyasining M249 pulemyoti juda kam edi. Biz butunlay yangi modelni ololmadik. Bizga shunchaki omad yetishmadi! Bu yerda qoʻriqchi dunyoning yarmini kesib oʻtdi, samolyotda, mashinada, keyin piyoda — barchasini noyob kolleksiyamizga M249 qoʻshish va uni bus-butun yetkazib berish uchun edi», degan Ramzon Qodirov.