So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Oʻzbekiston JCH sari yana bir muhim gʻalabaga erishdi. Yusupov qahramonga aylandi
Bugun, 19-noyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga saralash bosqichi doirasida Shimoliy Koreyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:0 hisobida oʻzbekistonliklarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning dastlabki boʻlimi oʻzbekistonlik futbolchilarning ustunligi ostida oʻtdi. Biroq gol 44-daqiqaga kelib urildi. Abbosbek Fayzullayev koreyslar darvozasini ishgʻol qildi.
Ikkinchi taymda koreyslar oʻyinda ham jonlanish kuzatildi va ular omadlarini hujumdan izlashni boshlashdi. Hujumga berilgan raqibni 52-daqiqada Bobur Abdixoliqov jazolab qoʻyishi mumkin edi. Lekin hujumchining zarbasi noaniq ketdi.
Ikkinchi boʻlim koreyslarning bosimi ostida davom etdi. Ularning hujumlari xavfli zarba darajasigacha yetib bormadi. Oʻzbekiston futbolchilari esa ha deganda qarshi hujumga oʻtmadi va quyi blokda raqibni kutib olish maʼqul koʻrildi.
83-daqiqada oʻzbekistonliklar darvozasi tomon penalti belgilanib, Umar Eshmurodov maydondan chetlatildi. Biroq Oʻtkir Yusupov kun qahramoniga aylanib, 11 metrlik jarima zarbasini qaytardi.
90-daqiqada Yusupov yana bir super seyf amalga oshirib, jamoasini goldan asrab qoldi. Shu tariqa, oʻyinda Fayzullayevning goli yagonaligini saqlab qoldi.
Maʼlumot uchun, Shimoliy Koreyaga qarshi oʻyin Oʻzbekistonning 2024-yil hisobida oxirgi oʻyin boʻldi. Saralashning 3-bosqichi 2025-yilning mart oyidan davom ettiriladi. Ortda qolgan 6 ta turdan soʻng Oʻzbekiston 13 ochko bilan guruhda ikkinchi oʻrinni band etib turibdi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da BAA oʻz maydonida Qatarni qabul qiladi. Ushbu oʻyinda ikki terma jamoadan qaysi biridir gʻalaba qozonadigan boʻlsa, Oʻzbekiston bilan oʻrtadagi farqni uch ochkogacha qisqartirishi mumkin.
JCH-2026 saralashi
KXDR — Oʻzbekiston 0:1
19.11.2024. Vyentyen, «Lao« stadioni, 17:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar: Ahmad Al Ali, Alanezi Abdulhadi, Abbos Ahmad, Ammar Ashkanani (barchasi Kuvayt)
VAR: Abulloh Jamali (Kuvayt)
AVAR: Saud AL Samxan (Kuvayt)
Nazoratchi: Fong Yau Fat Jame (Gonkong)
Komissar: Benjamin Tan (Singapur).
Gol: Abbos Fayzullayev (Bobir Abdixoliqov) 44, 0:1.
Amalga oshmagan penalti: Jong Io Gvan (Oʻtkir Yusupov qaytardi)
KXDR: 1.Kang Ju Xyok, 3.Jang Kuk Chol (s), 4.Kim Pom Xyok, 9.Ri Jo Guk (11.Jong Il Gvan,70), 10.Xan Kvang Song (12.Choe Ju Song,88), 13.Ri Il Song, 14.Choe Ok Chol, 15.Ri Un Chol ( 6.Kye Tam, 33), 16.Kim Yu Song, 17.Kang Kuk Chol, 20.Paek Chung Song (22.Pak Kvang Xun,70)
Zaxira: 18.Sin Tae Song, 21.Yu Kvang Jun, 2.Kim Jin Xyok, 5.Kim Kum Chon,7.Ri Xun, 8.Sin Kvang Nam, 19.Kim Song Xye, 23.Jong Kum Song.
Oʻzbekiston: 1.Oʻtkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 6.Akmal Mozgovoy, 9.Odil Hamrobekov, 13.Sherzod Nasrullayev, 10.Jaloliddin Masharipov (11.Azizbek Amonov,79) (18.Abdulla Abdullayev,86), 15.Umar Eshmurodov, 17.Bobir Abdixoliqov (20.Hojimat Erkinov, 64), 22.Abbosbek Fazullayev ( 19.Azizbek Turgʻunboyev,79), 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Neʼmatov, 16.Botirali Ergashev, 4.Farruh Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov, 8.Jamshid Iskanderov, 21.Abdurauf Boʻriyev.
Ogohlantirish: Bobir Abdixoliqov (Oʻzbekiston) 39, Jan Kuk Chol (KXDR) 55
Chetlatish: Umar Eshmurodov (Oʻzbekiston) 83