So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“37 millionlik xalqdan faqatgina 65 nafar insonga senator boʻlishdek yuksak sharaf va baxt nasib etdi”, — Shavkat Mirziyoyev
Prezident senatorlar tomonidan Senat raisi va uning oʻrinbosarlari etib saylangan Tanzila Narbayeva, Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayevni ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tiladi.
«Oʻzingiz bir tasavvur qiling – 37 millionlik xalqdan faqatgina 65 nafar insonga senator boʻlishdek yuksak sharaf va baxt nasib etdi. Bu ulkan ishonch va masʼuliyatning qadriga yetish, uni halol va sodiq xizmat bilan oqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Sizlar Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishga munosib hissa qoʻshasizlar, xalqchil va adolatli qonunlar qabul qilib, barchaga oʻrnak boʻlasizlar, deb tilak bildiraman.
Men siz, muhtaram senatorlar timsolida ana shunday katta ishlarga qodir, Oʻzbekiston oldida turgan strategik vazifalarni chuqur anglaydigan, Vatan va xalq manfaatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan fidoyi insonlarni – oʻzimning eng yaqin maslakdoshlarimni koʻraman.
Sizlar bor bilim va tajribangiz, kuch va imkoniyatingizni ishga solib, mamlakatimiz hayotida, Senat faoliyatida yangi, yorqin sahifa ochasiz, deb ishonaman», dedi Prezident majlis yakunida.