So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
AQSH Ukrainaga ATACMS bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berdi
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya hududiga ATACMS taktik ballistik raketalari bilan zarbalar berishga ruxsat berdi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.
Bu qaror Vashingtonda hokimiyat almashishidan ikki oy oldin qabul qilingan va AQSH siyosatidagi jiddiy oʻzgarish boʻlgan. Amerika yetakchisi maslahatchilarining bu qadam boʻyicha fikrlari ikkiga boʻlingan, deb yozadi nashr.
Gazeta zarbalarga ruxsat berilishini Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilarining urush hududiga joʻnatish ehtimoli haqidagi iddaolar bilan bogʻlaydi. Raketalar Kursk viloyatidagi Ukraina Qurolli kuchlarini himoya qilish uchun qoʻllanilishi mumkin, deya taʼkidlaydi “The New York Times”. AQSH rasmiylari unga bu harakat janglar yoʻnalishini keskin oʻzgartirishini kutmaganliklarini aytishdi.
Ehtimol, Bayden nafaqat Kursk viloyatida, balki butun Rossiya hududida Amerika raketa zarbalariga ruxsat berishi mumkin, deya taʼkidlaydi gazeta. Bu AQSH rasmiylarini Rossiya Vashington va uning Gʻarb ittifoqchilariga kuch bilan javob berishi mumkinligidan xavotirda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Seul tomonidan ilgari chop etilgan va Rossiyada KXDR harbiylari borligini koʻrsatuvchi “sunʼiy yoʻldosh tasvirlari”ga izoh berar ekan, bunday suratlarni “jiddiy narsa” deb atadi. Shu bilan birga, Rossiya rahbari NATO qoʻshinlari uzoq vaqtdan beri Ukraina mojarosida bevosita ishtirok etganini taʼkidladi. Putin, Moskva va Pxenyan oʻrtasidagi Strategik hamkorlik shartnomasida mushtarak mudofaa bandi borligiga eʼtibor qaratdi.