So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Tramp AQSHda favqulodda holat joriy etishi mumkin
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyadan soʻng favqulodda holat joriy etishi va noqonuniy migratsiya bilan bogʻliq vaziyatni hal qilish uchun harbiylardan foydalanish niyatida ekanligini tasdiqladi.
“Toʻgʻri”, deb javob berdi Tramp “Truth” ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilaridan birining postiga, unda saylangan prezident harbiylardan foydalanishi va noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish dasturini amalga oshirish uchun favqulodda holat joriy etishi aytilgan.
Avvalroq Tramp inauguratsiyadan soʻng Amerika tarixidagi noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish boʻyicha eng yirik operatsiyani amalga oshirish niyatida ekanini ommaviy chiqishlarida bir necha bor aytgan edi. Migratsiya inqirozi AQSH saylov kampaniyasining asosiy masalalaridan biriga aylandi. Respublikachilar aslida demokratlarni uning keskin kuchayishida ayblashadi.
5-noyabr kuni boʻlib oʻtgan AQSH prezidentlik saylovlarida respublikachi Tramp gʻalaba qozondi. U Demokratik partiya vakili, mamlakat vitse-prezidenti Kamala Xarrisni magʻlub etdi. Saylovlar natijasida respublikachilar Kongress Senati va Vakillar palatasini oʻz nazoratiga olishga muvaffaq boʻldi. Tramp 2025-yil 20-yanvarda inauguratsiya qilinadi.