So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekiston ITKF karate-do boʻyicha Xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi
Joriy yilning 14, 15, 16-noyabr kunlari Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning ITKF karate-do turi boʻyicha barcha yosh toifalari oʻrtasida Xalqaro turnir oʻtkazildi. Bugun, 16-noyabr kuni ushbu chempionatning yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
ITKF Xalqaro anʼanaviy Karate-do Federatsiyasi 2014-yildan buyon Osiyo Okeaniya Karate-do Federatsiyasi aʼzosi hisoblanib, hozirgi kunda 70 dan ortiq murabbiylari va 5000 dan ortiq sportchilari mavjud.
ITKF karate-do prezidenti Shuhrat Kushmuratovning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston bundan oldin 1-marta Jahon chempionati va 4-marta Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan.
“Ushbu xalqaro turnir: 6-8 yosh – bolalar va qizlar, 9-13 yosh – yoshlar va qizlar, 14-18 yosh – oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar oʻrtasida boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytda mamlakatingizda 5 ming nafardan ziyod sportchilar ushbu sport turi bilan shugʻullanib kelmoqda. Oʻzbekiston bundan oldin ham 1-marta jahon va 4-marta Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan. «ITKF Asia Oceania” prezidenti Ibrahim Al-Bakr (Ibrahim Al-Bakr) ham ishtirok etmoqda», degan Shuhrat Kushmuratov.
Taqdirlashda qatnashgan Osiyo-Okeaniya ITKF Federatsiyasi prezidenti Ibrohim Al-Bakr Chirchiq shahriga birinchi marta kelgani va bu shahar unga yoqqanini aytgan.
“Avvalombor, ushbu chempionatni oʻtkazishga yaqindan yordam bergan Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimovga oʻz minnatrodchiligimni bildiraman. Men Chirchiq shahrida birinchi marotoba boʻlishim va ushbu shahar ham menga juda yoqdi. Barcha sportchilamizga va tadbir tashkilotchilariga rahmat aytmoqchiman. Oʻylaymanki, kelajakda ushbu universitet bilan hamkorligimiz bardovom boʻladi”, deydi Osiyo-Okeaniya ITKF Federatsiyasi prezidenti Ibrohim Al-Bakr.
Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov kelajakda ushbu sportning rivojiga hissa qoʻshishiga umid bildirgan.
“Barchangiz xalqaro turning «Traditional chempoionship karate open Tashkent” ochilish marosimiga xush kelibsiz. Soʻnggi yillarda mamlakatimiz sport sohasida jahon arenalarida katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Albatta, bu yurtboshimiz tomonidan sohada yaratilayotgan yetarlicha sharoitlari natijasidir. Universitetimiz ITKF karate-do Federatsiyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydik. Kelajakda ushbu sport turining qamrovini yanada kengaytirishda oʻz hissamizni qoʻshamiz degan umiddaman», Rashid Matkarimov.
Ushbu xalqaro turnirning yopilish marosimi tantanali tarzda oʻtkazilda va gʻolib sportchilar taqdirlandi.