So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Abxaziya aholisi Rossiya bilan investitsiya shartnomasi imzolanishiga norozilik bildirib, parlament binosini egallab oldi
Oʻzini mustaqil den eʼlon qilgan Abxaziya poytaxti – Suxumda xalq Rossiya Federatsiyasi bilan investitsiya shartnomasi qabul qilinishiga qarshi norozilik bildirgan holda parlament hududiga bostirib kirdi.

Shu fonda mamlakat parlamenti majlis kun tartibini tasdiqlamadi va sessiyani bekor qildi, deb xabar beradi “Exo Kavkaza”. Ular Moskva bilan kelishuvni tasdiqlamoqchi edilar. Deputatlar va vazirlar hukumat binolari majmuasini tark etishdi.
Namoyishchilardan biri Adgur Ardzinba hukumatga murojaat qilib, “barcha dolzarb masalalarni bo‘lajak prezidentlik saylovlarigacha qoldirishni” so‘radi.
“Agar hukumat bunga rozi boʻlmasa, yaqin kunlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar uchun barcha javobgarlik toʻliq Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya va uning atrofidagilar zimmasiga tushadi”, — deb yozadi u.
Keyinroq namoyishchilar hukumat binolariga bostirib kirishdi, tan olinmagan respublika prezident ma’muriyati respublikadagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida parlamentdan Rossiya bilan tuzilgan sarmoyaviy bitimni bekor qilish bo‘yicha hujjat tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Abxaziya sobiq iqtisodiyot vaziri Adgur Ardzinbaning aytishicha, hozir prezident Aslan Bjaniya Rossiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Moskvani mamlakatda “turkparast” va “g‘arbparast kuchlar” tomonidan davlat to‘ntarishi amalga oshirilganiga ishontirishga urinmoqda. Bir guruh deputatlar prezident iste’fosini talab qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rossiyaliklarga Abxaziyaga sayohat qilmaslikni tavsiya qildi. Moskva respublikaning ichki ishlariga aralashmaydi va vaziyat faqat tinch siyosiy yoʻl bilan hal qilinishini kutadi, dedi departament rasmiysi Mariya Zaxarova.



