So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati pasaydi
5-tur oʻyinlaridan soʻng Osiyo jamoalarining 3-saralash bosqichi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri JCH—2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqildi. Bu haqda We Global Football nashri xabar berdi.
Milliy jamoaning Qatarga uchralgan magʻlubiyatidan soʻng imkoniyatlari 84,8 foizga baholanmoqda. Qatarning toʻgʻridan toʻgʻri mundialga yoʻl olishiga 9 foizga yaqin.
Oʻzbekistonning imkoniyati 4-turdagi gʻalabadan soʻng keskin oshgandi — 93,1% (3-turdan soʻng 82,8% edi).
5-turda Oʻzbekiston milliy jamoasi mehmonda Qatarga (3:2) magʻlub boʻldi. Eron jamoasi Laosda oʻtgan oʻyinda Shimoliy Koreyani magʻlub etib ochkolari hisobini 13 ta yetkazdi. BAA Qirgʻiziston ustidan yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
We Global nashri guruh yetakchilari Eron, Yaponiya va Janubiy Koreyaning JCH—2026 ga borish imkoniyatini sal kam yuz foizga baholamoqda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu magʻlubiyatdan soʻng ham turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa keyingi turni Shimoliy Koreyaga qarshi 19-noyabr kuni oʻtkazadi.