So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Rustam Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
Ukraina soʻnggi oʻn yil ichida Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlarni ozod qilish uchun kurashmoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov maʼlum qildi.
15-noyabr kuni Rustem Umerov, norvegiyalik hamkasbi bilan Osloda oʻtkazilgan qoʻshma matbuot anjumanida, hududiy yaxlitlik qadriyatlarimizning bir qismidir», degan.
Ommaviy axborot vositalarida Ukrainaning urushdagi ustuvor yoʻnalishlari oʻzgargani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, Umerov bu yangiliklarni “yolgʻon va Rossiya propagandasining bir boʻlagi” deb atadi.
“Bizning ustuvor vazifamiz odamlarni himoya qilish, millatni himoya qilishdir. Maqsadimiz fuqarolarni deyarli 10-yillik vaqtinchalik ishgʻoldan ozod qilish boʻlib qolmoqda. Qrim va Donbass Ukrainaning bir qismidir”, dedi u. Vazirning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarida yashovchi odamlar ozodlikni kutmoqda.
NYT: Trampning gʻalabasidan soʻng Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari ustuvor
Avvalroq, “The New York Times” AQSH prezidentlik saylovlarida respublikachi Donald Tramp gʻalaba qozonganidan soʻng, ehtimoliy tinchlik muzokaralari chogʻida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarishdan muhimroq boʻlishi haqida xabar bergan edi.
“Hududiy masala nihoyatda muhim, ammo bu ikkinchi masala”, degan ismini oshkor etmagan yuqori martabali ukrainalik mulozim. Ukraina Oliy Radaning Mudofaa va razvedka qoʻmitasi raisi Roman Kostenko Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlardan muhimroq narsa yoʻqligini bildirgan.
Nashr taʼkidlaganidek, Ukraina rasmiylari uzoq vaqt davomida Rossiya tomonidan bosib olingan hududni tinch yoʻl bilan qaytarishning hech qanday varianti boʻyicha yon bermasliklarini maʼlum qilgan edi.
Biroq muzokaralar uchun tezlashtirilgan jadvalni ilgari surgan AQSH prezidenti Tramp saylanganidan soʻng, Kiyev xavfsizlik kafolatlariga kamida oʻt ochishni toʻxtatish chizigʻi qayerda boʻlishi kabi masalalarga ahamiyat bera boshladi.