So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
“20 daqiqa oldin uning kimligini bilmasdim” – Tramp “Fox TV” boshlovchisini Pentagonning yangi rahbari etib tayinlashga qaror qildi. Vashingtondagi amaldorlar hayratda
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp teleboshlovchi Pit Xegsetni mamlakat mudofaa vaziri lavozimiga koʻrsatishga qaror qilib, Vashingtonni hayratda qoldirdi. Bu haqda “Politico” yozmoqda.

“Politico” nashriga koʻra, bu tanlov Vashingtondagi amaldorlarni “larzaga solgan” va ular harbiy departamentga nufuzli kongressmen yoki hech boʻlmaganda mudofaa siyosati boʻyicha tajribaga ega boʻlgan shaxs rahbarlik qilishini kutgan.
Nashr qayd etishicha, Trampning birinchi muddatdagi kadrlar boʻyicha har doim ham tushuntirib boʻlmaydigan qarorlari hisobga olinsa ham, yangi tayinlanish hammani hayratda qoldirdi.
“Bu odam kim ekan?” — mudofaa sanoatining anonim lobbichisi tayinlanish haqida fikr bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, sanoat “haqiqatan ham katta tajribaga ega boʻlgan odamni” tayinlashga umid qilmoqda. “Tan olishim kerak, men uning kimligini 20 daqiqa oldin bilmasdim”, dedi Vakillar palatasining qurolli kuchlar qoʻmitasi aʼzosi, demokrat Adam Smit jurnalistlarga.
Gazetaga koʻra, kutilmaganda konservativ jurnalistning Pentagon rahbariligiga koʻrsatilishi Vashingtonni hayratda qoldirdi. Chunki nomzod qonunchi yoki mudofaa siyosatida tajribaga ega boʻlishi kutilgan edi.
Shunday qilib, AQSH Mudofaa vazirining siyosat boʻyicha sobiq oʻrinbosari va Pentagon rasmiysi Erik Edelmanning aytishicha, Tramp sodiqlikni hamma narsadan ustun qoʻyadi va ehtimol mezonlardan biri uning televidenieda qanchalik yaxshi himoyalangani boʻlgan.
Avvalroq Donald Tramp AQSH mudofaa vaziri lavozimiga “Fox News” telekanali boshlovchisi Pit Xegset nomzodini taklif qilgani xabar qilingandi. Milliy gvardiya faxriysi va Trampning 2016-yilgi kampaniyasi boshlanganidan beri tarafdori boʻlgan Xegset zamonaviy harbiy tizimni tanqid qilish bilan tanilgan. Bu tayinlanish Pentagonni hayratda qoldirdi, chunki Xegsetda bunday muhim lavozimni egallash uchun zarur tajriba yoʻq.



