So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
NYT: Ukraina xavfsizlikni yerlaridan ustun qoʻyadi
Hududlar masalasi Kiyev uchun oʻta muhim, biroq ikkinchi oʻrinda turadi. Moskva bilan potensial muzokaralar xavfsizlikning kafolatlariga asoslanishi kerak. Bu haqda Ukarinadagi manbalariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.
Donald Tramp AQSH prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonganidan soʻng, ehtimoliy tinchlik muzokaralari chogʻida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarishdan koʻra muhimroq boʻladi.
Nashr suhbatdoshlariga koʻra, Ukrainaning hududiy chegaralari katta ehtimol bilan jangovar harakatlar natijasida aniqlanadi. Ehtimoliy muzokaralarda mamlakat manfaatlarini himoya qilish oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi ishonchli boʻlishini taʼminlash uchun qanday kafolatlar taqdim etilishiga bogʻliq boʻladi.
“Hududiy masala nihoyatda muhim, ammo birinchi masala — xavfsizlik kafolatlari”, degan nashr suhbatdoshi.
Oliy Radaning Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qoʻmitasi kotibi Roman Kostenko ham gazetaga ehtimoliy muzokaralar “tinchlik va xavfsizlik kafolatlariga asoslangan boʻlishi kerakligini” bildirdi. “Ukraina uchun tinchlikdan muhimroq narsa yoʻq”, dedi u. Kostenkoning qoʻshimcha qilishicha, Kiyev Rossiya ishgʻoli ostidagi hech bir hududga daʼvosidan rasman voz kechmaydi.
Kiyev uchun bufer zonasining kengligi va iqtisodiyotni tiklash imkoniyati ham muhim
Shuningdek, Kiyev uchun oʻrnatilgan oʻt ochishni toʻxtatish liniyasi mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga toʻsqinlik qilmasligi ham muhim – masalan, sanoat hududlarini sarmoya uchun xavfli qilib qoʻyish, dedi ismini oshkor etmagan ukrainalik amaldor.
“Demilitarizatsiya qilingan zonaning kengligi – ikki armiya oʻrtasidagi bufer zonasi ham muhim ahamiyatga ega boʻladi”, dedi NYT suhbatdoshlari.
Nashrning qayd etishicha, Ukraina rasmiylari uzoq vaqt davomida Rossiya tomonidan bosib olingan hududni tinch yoʻl bilan hal qilishning hech qanday varianti boʻyicha yon bermasliklarini aytib kelgan. Biroq muzokaralar uchun tezlashtirilgan jadvalni ilgari surgan AQSH prezidenti Donald Tramp saylanganidan soʻng, Kiyev xavfsizlik kafolatlarini hech boʻlmaganda oʻt ochishni toʻxtatish chizigʻi qayerda boʻlishi kabi narsalar muhim ahamiyat kasb eta boshladi.