So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Futbolchilarimiz Qatarga qarshi oʻyinga 100 foiz tayyor” – Vlado Radmanovich
Ertaga, 14 noyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining 3-saralash bosqichi doirasida Qatarga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin oldidan yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich va futbolchi Otabek Shukurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Vlado Radmanovich terma jamoaning bosh murabbiyi Srechko Katanes shifokorlar maslahatiga koʻra, matbuot anjumanida ishtirok etmaganini bildirgan.
“Birinchi navbatda aytib oʻtishim kerakki, Srechko Katanesning sogʻligʻi bilan bogʻliq kichik muammo boʻlganligi uchun shifokorlar tavsiyasiga koʻra matbuot anjumanida ishtirok eta olmaydi. Shu bois barcha savollarga men javob berib oʻtaman. Bu bosqichda har bir uchrashuv juda qiyin boʻladi. Ertaga bizni muhim oʻyin kutib turibdi. Har ikki jamoa uchun juda katta ahamiyatga ega uchrashuvga tayyormiz”, degan yordamchi murabbiy.
Vlado boʻlajak raqib Qatar terma jamoasi haqida iliq fikr bildirib, futbolchilar oʻyinga 100 foiz tayyorligini aytgan.
“Qatarning ushbu saralash bosqichidagi barcha oʻyinini koʻrib chiqdik. Jamoa haqida yetarli maʼlumotga egamiz. Umuman olganda Qatar yaxshi terma jamoa. Ammo ertangi bahsga yuz foiz tayyormiz. Yil boshida ushbu jamoaga qarshi Osiyo kubogida ham toʻqnash kelgan edik. Biz uch yildan beri Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan birgamiz. Mamlakat chempionatidagi futbolchilar va legionerlarni kuzatgan holda bugungi tarkibni shakllantirganmiz. Biz raqiblarga qarshi qanday holatda ekanimizni yaxshi bilamiz. Juda qiyin guruhdan oʻrin olganmiz. Har bir oʻyin biz uchun jiddiy ahamiyat kasb etadi. Eron, Qatar, BAA va KXDR kabi terma jamoalarning barchasi kuchli va Jahon chempionatida ishtirok etgan. Har bir kichik omil uchrashuv natijasiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin”, degan Katanesning yordamchisi.
Otabek Shukurov esa Qatarga qarshi oʻyinda JChga chiqsh uchun oʻynashlarini aytgan.
"Ertangi oʻyinga tayyormiz, muhimi asosiy tarkib futbolchilarining barchasi shu yerda. Osiyo kubogi boshqa turnir, undagi natijaning qadri ham oʻzgacha edi. Oʻshanda penaltilar seriyasida magʻlub boʻldik, uni lotereyaga qiyoslash mumkin. Ertangi bahsda esa Jahon chempionatiga chiqish uchun harakat qilamiz", degan Shukurov.