So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Qonunchilikni JST meʼyorlari va qoidalariga uygʻunlashtirish, jumladan, eksport subsidiyalarini bekor qilish boʻyicha ishlar faol olib borilmoqda
Boku shahrida oʻtayotgan iqlim boʻyicha SOR29 konferensiyasi doirasida, mamlakatimizning Milliy pavilyonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Mamlakatimizning JSTga aʼzo boʻlishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari koʻrib chiqildi.
Ishchi guruh yigʻilishlarini oʻtkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Milliy qonunchilikni JST meʼyorlari va qoidalariga uygʻunlashtirish, jumladan, eksport subsidiyalarini bekor qilish boʻyicha ishlar faol olib borilmoqda.
Xalqaro savdoni tartibga solish masalalarida oʻzbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralarni yakunlash va yaqin yillarda Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir