So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Prezident Mirziyoyev Aliyev bilan uchrashdi
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini BMTning Iqlim boʻyicha sammiti (COP29) muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Joriy yil avgust oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi
Ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida hamkorlik yuksak darajaga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi, qurilish va shaharsozlik hamda boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Loyihalar portfelini, shu jumladan Qoʻshma investitsiya kompaniyasi mablagʻlarini jalb etgan holda yanada kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Afgʻonistonning iqtisodiy rivojlanishiga koʻmaklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvni davom ettirish, shuningdek, 2025-yilda diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30-yilligini nishonlash doirasida keng qamrovli tadbirlar dasturini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida Xonkandi shahrida qoʻshma tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish marosimi ham boʻlib oʻtdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir