So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Maʼnaviyat ekspertizasi” senzura vazifasini bajarmaydi» — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Avvalroq, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “ekspertiza” joriy qilayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tashabbus jamoatchilikda bir qator savol va havotirlarni paydo qildi. Markaz esa rasmiy munosabt bilan chiqdi.
Munosabatda yozilishicha, Markaz bolalarning tarbiyasiga notoʻgʻri taʼsir qiladigan materiallar tarqalishining oldini olmoqchi.
“Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda «Maʼnaviyat ekspertizasi” loyihasi yoʻlga qoʻyilayotgani faol jamoatchilik vakillari tomonidan turlicha qarashlar bilan talqin qilinmoqda. Mazkur loyiha bolalar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi va oʻsib kelayotgan avlodning ongiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan mediamahsulotlar tarqatilishini oldini olishga qaratilmoqda», deyiladi bayonotda.
Munosabatda taʼkidlanishicha, “Maʼnaviyat ekspertizasi” ota-onalar va ziyolilar istagi va tashabbusi bilan joriy qilinmoqda va jurnalistlarning erkinligiga dahl qilmaydi.
“Alohida taʼkidlash lozimki, ushbu loyiha mediakontentlarning yoshlar, ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga taʼsiridan xavotirlangan ota-onalar, ziyolilar, shuningdek, keng jamoatchilik soʻrovi, talab va tashabbuslari asosida joriy qilinmoqda. «Maʼnaviyat ekspertizasi” loyihasi media mahsulotlarga senzura qoʻymaydi. Ekspertlarning faoliyati media kontent ishlab chiquvchilar, ijodiy guruhlar va badiiy kengashlar uchun tavsiyaviy takliflar ishlab chiqishdan iborat boʻladi. Bunda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, ijodkorlar, blogerlarning ijod erkinligiga daxl qilinmaydi», deya yakunlangan munosabat.
Markaz qaysi ilmiy yoki sotsiologik tadqiqotlar asosida “Maʼnaviyat ekspertizasi” lozim deb topilgani haqida lom-lim demagan. Tashqarida 21 asr va har qanday mavzuda ilmiy izlanish olib borish mumkin. Ilmiy izlanishlar va sotsiologik soʻrovlar sovetcha ekspertizalar befoydaligini isbotlab bera olardi. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi esa ota-onalar va ziyolilar shuni istadi degan mujmal vaj bilan qandaydir ekspertizani joriy qilmoqchi. Balki bilsak boʻlar, mana-shunday “yil loyihasini” qaysi ota-ona yoki qaysi ziyoli talab qilganini?
2023-yili “Facebook” asoschisi Mark Sukerberg AQSH senatida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari zoʻravonlikdan himoya qilinmayotgani borasida soʻroq qilingan edi. Senatorlar shunchaki shaxsiy fikrlari bilan Markni burchakka qismagan. Ularning qoʻlida oʻnlab tadqiqotlar va jabrlanganlarning guvohliklari bor edi.
Nahotki, 25-yil maʼnaviyat uchun pul sarflab, bularning befoyda ekanligini tushunib yetmadik.