So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Qattiq yoqilgʻi va shina yoqadigan korxonlarga qarshi reyd oʻtkazilmoqda
Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Furqat Mahmudxoʻjayev issiqxonalar sabab poytaxt havosi keskin yomonlashayotgani haqida murojaat bilan chiqdi. Ushbu murojaatga Toshkent shahar hokimligi munosabat bildirdi.

Hokimlikning maʼlum qilishicha, korxonalarning qattiq yoqilgʻidan foydalanishini tekshirish borasida ekologik reydlar oʻtkazilayapti
“Iqtisodiy faoliyatning kengayishi va tadbirkorlikning rivojlanishi Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyati tumanlarida joylashgan issiqxona xoʻjaliklariga ham taʼsir koʻrsatdi. Bu havo sifatining yomonlashuviga, ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda va shahar aholisining sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Korxonalarning isitish uskunalarida tegishli energiya manbalaridan, xususan, qattiq yoqilgʻidan foydalanishini tekshirish maqsadida ekologik reyd oʻtkazilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Shahar maʼmuriyatining yozishicha, havoga hid yoki rang chiqaradigan yoqilgʻI foydalangan korxonalar majuburiy ravishda koʻmirdan foydalanishga oʻtkaziladi. Aks holda bunday korxonalarning faoliyati toʻxtatiladi.
“Ekologiya boshqarmasi, kadastr xizmati, FVV, IIBB, Oʻzgidromet, Soliq qoʻmitasi va hokimiyat xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Guruh obyektlarga chiqib, maxsus uskunalar yordamida ekologik meʼyorlarning buzilishini qayd etib bormoqda. Aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha, mavjud vaziyatni oʻzgartirish uchun qatʼiy choralar koʻrilmoqda. Koʻmir qozonlaridan foydalanayotgan obyektlarda kulning ogʻir va yengil zarrachalarini ushlab qoluvchi filtrlarni oʻrnatish majburiyligi belgilandi. Oʻziga xos hid va havo rangini oʻzgartiradigan boshqa materiallardan, masalan, shinalar yoki yoqilgʻi moyi (pech yoqilgʻisi)dan foydalanadigan korxonalarga mavjud uskunalarni filtrlar oʻrnatilgan holda koʻmirga almashtirish talabi qoʻyildi. Aks holda, bunday korxonalar ogʻir ekologik vaziyat yuzaga kelgan yillarda oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turishga majbur boʻladi”, deyiladi hokimlik bayonotida.
Munosabatda aytlishicha, issiqxonalardan tortib, ovqatlanish joylarigacha nazoratga olinadi va aholidan ekologik vaziyatga eʼtibor qaratish soʻraladi.
“Qattiq yoqilgʻi asosida isitish uchun ichki yonuv tizimlaridan foydalanadigan barcha obyektlar alohida hisobga olindi va reyestrga kiritildi. Isitish mavsumi davomida ularda maxsus guruhlar tomonidan rejadan tashqari tekshiruvlar oʻtkaziladi. Atmosferani ifloslantirishi mumkin boʻlgan barcha obyektlar: issiqxonalardan tortib umumiy ovqatlanish korxonalarigacha, shu jumladan ochiq olovda taom tayyorlanadigan muassasalar ham nazoratga olindi. Shahar maʼmuriyati barcha shahar aholisini poytaxtdagi ekologik vaziyatga eʼtibor qaratishga va ifloslanishning oldini olish choralarini koʻrishga chaqiradi. Oʻz navbatida, hokimiyat faoliyatni meʼyorlashtirish va zamonaviy ekologik talablarga moslashtirish boʻyicha maslahat yordami koʻrsatishga tayyor”, deya yakunlanadi bayonot.



