So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Robert Levandovski “Oltin toʻp” uchun asosiy nomzod
Polsha terma jamoasi va Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Robert Levandovski 2025-yilda “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritish uchun birinchi raqamli nomzod boʻlib turibdi. Bu haqda mashhur “Goal” nashri xabar berdi.
Ikkinchi oʻrinni “Barselona”ning yosh futbolchisi Lamin Yamal egallan. Kuchli uchlikka “Real Madrid” vingeri Vinitsius Junior yakun yasab bergan.
Shuningdek, joriy mavsum Madrid klubiga koʻchib oʻtgan Kilian Mbappega sakkizinchi pogʻona nasib etgan, xolos.
“Goal” nashri versiyasiga koʻra, “Oltin toʻp”ga daʼvogar 15 nafar futbolchi bilan tanishing:
1. Robert Levandovski (“Barselona”);
2. Lamin Yamal (“Barselona”);
3. Vinisius Junior (“Real”);
4. Erling Holand (“Manchester Siti”);
5. Rafinya Dias (“Barselona”);
6. Harri Keyn (“Bavariya”);
7. Muhammad Saloh (“Liverpul”);
8. Kilian Mbappe (“Real”);
9. Pedri (“Barselona”);
10. Bukayo Saka (“Arsenal”);
11. Florian Virts (“Bayer”);
12. Koul Palmer (“Chelsi”);
13. Kristian Pulishich (“Milan”);
14. Maykl Olise (“Bavariya”);
15. Jamal Musiala (“Bavariya”).
Maʼlumot uchun, 2024-yilda “Oltin toʻp” “Manchester Siti” futbolchisi Rodriga nasib etgan edi.