So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Bugun “Oltin toʻp” topshiriladi. Bu safar “uloqni” kim olib ketadi?
Bugun, 28-oktyabr kuni “France Football” tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga atalgan “Oltin toʻp” sovrin oʻz egasiga topshiriladi. Tadbir Sena daryosi qirgʻogʻida joylashgan Shatle teatrida boʻlib oʻtadi.

Koʻpchilik journalist va ekspertlarni fikriga koʻra “Real Madrid” vingeri Vinitsius Junior futboldagi eng katta shaxsiy sovrinni qoʻlga kiritishga asosiy daʼvogar hisoblanadi. Kuchli uchlikka Rodri va Bellingem yakun yasab berishi kutilmoqda.
“Oltin toʻp”ga daʼvogar 30 nafar futbolchi bilan tanishing:
Jud Bellingem (Angliya, “Real Madrid“);
Xakan Chalxanoglu (Tursiya, “Inter“);
Dani Karvaxal (Ispaniya, “Real Madrid“);
Ruben Diash (Portugaliya, “Manchester Siti“);
Artem Dovbik (Ukraina, “Dnepr“, “Jirona“, “Roma“);
Fil Foden (Angliya, “Manchester Siti“);
Alexandro Grimaldo (Ispaniya, “Bayer“ Leverkuzen);
Erling Xaland (Norvegiya, “Manchester Siti);
Mats Xummels (Germaniya, “Borussiya“ Dortmund);
Harri Keyn (Angliya, “Bavariya“ Myunxen);
Toni Kroos (Germaniya, “Real Madrid“);
Ademola Lukman (Nigeriya, “Atalanta“);
Emiliano Martines (Argentina, “Aston Villa“);
Lautaro Martines (Argentina, “Inter“);
Kilian Mbappe (Fransiya, “Pari Sen-Jermen“, “Real Madrid“);
Martin Edegard (Norvegiya, “Arsenal“);
Dani Olmo (Ispaniya, “Leypsig“, “Barselona“);
Koul Palmer (Angliya , “Manchester Siti“ / “Chelsi“);
Deklan Rays (Angliya, “Arsenal“);
Rodri (Ispaniya, “Manchester Siti“);
Antonio Ryudiger (Germaniya, “Real Madrid“);
Bukayo Saka (Angliya, “Arsenal“);
Uilyam Saliba (Fransiya, “Arsenal“);
Federiko Valverde (Urugvay, “Real Madrid“);
Vinisius Junior (Braziliya, “Real Madrid“);
Vitinya (Portugaliya, “Pari Sen-Jermen“);
Niko Uilyams (Ispaniya, “Atletik “);
Florian Virs (Germaniya, “Bayer Leverkuzen“);
Granit Jaka (Shveysariya, “Bayer“);
Lamin Yamal (Ispaniya, Barselona);
Shuningdek, bugun mavsumning eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi jamoasi va eng yaxshi yosh futbolchisi kabi boshqa mukofotlar ham oʻz egalariga topshiriladi.
16 yoshida kashfiyot boʻlgan Lamin Yamal katta ehtimol bilan mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topiladi. Unga bu borada Arda Guler raqobat taklif qiladi.
Qolaversa, ayollar futbolida ham “Oltin toʻp” va yana boshqa yoʻnalishlarda gʻoliblar taqdirlanadi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan mavsumda Lionel Messi sakkizinchi marta “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritgan edi. Bu yil Messi hamda Ronaldu kuchli oʻttizlikdan joy olmagan.



