So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
SSV shamollash mavsumi uchun tavsiyalar berdi
Tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyevga ko‘ra, oilada farzandlarni gigiyenik qonun-qoidalarga rioya qilish, qo‘lni sovunlab yuvish yoki tez-tez antiseptik vositalardan foydalanishga o‘rgatish kerak.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarni nafas yo‘llari kasalliklaridan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyevga ko‘ra, oilada farzandlarni gigiyenik qonun-qoidalarga rioya qilish, qo‘lni sovunlab yuvish yoki tez-tez antiseptik vositalardan foydalanishga o‘rgatish kerak.
Bundan tashqari, yuzni qo‘l bilan ko‘p ushlamaslik, xonalarni doimiy shamollatish, yo‘talganda yoki aksa urganda og‘iz-burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni o‘rgatish lozim. Bolalarga kasal bo‘lgan tengqurlari oldiga yaqin kelmaslikni aytish, himoya niqoblaridan foydalanishni tushuntirish zarur. Agar bola kasal bo‘lib qolsa, bog‘cha yoki maktabga yubormaslik kerak.
Professorning aytishicha, isitmasi yuqori bolaning tomog‘iga yod yoki zelyonka surtish xato, chunki kichik yoshdagi bemorning nafas yo‘li shilliq qavati juda nozik, qolaversa, virusdan yallig‘langan va shishgan holatda bo‘ladi. Agar yod yoki zelyonka surilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashishi, laringit yuzaga kelishi mumkin.
“Bolaning fibril tutqanog‘i bo‘lmasa, kasallik tufayli tana harorati 38-38,5 darajadan past bo‘lganda isitmani tushirishga hojat yo‘q. Shundan ortsagina “paratsetamol” yoki “ibuprofen” (bolalar uchun eritma) berish mumkin. Tana haroratining 37 daraja ekani isitma ko‘tarilganini anglatmaydi. Qayta-qayta isitmani tushiruvchi dorilarni ichirish esa undagi termoregulyatsiya markaziga salbiy ta’sir etadi”, deydi Furqat Shamsiyev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, allergik yo‘tal, astma, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish mumkin emas. Chunki tutun kichkintoyning organlarida spazmni ko‘paytirib, yo‘talni yanada kuchaytirishi mumkin.
Tibbiyot fanlari doktoriga ko‘ra, bolalarga ko‘p suyuqlik berish, ularni to‘g‘ri ovqatlantirish va ularni chiniqtirish ham muhim ahamiyatga ega.