So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Isroil Madrimov 69 kg vazn toifasida kuchlilar qatoridan joy oldi
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 154 funt (69 kg) vazn toifasida ikkinchi raqamli bokschi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda nufuzli “The Ring” jurnali xabar berdi.
Reytingda birinchi o‘rinni ikki vazn toifasida sobiq mutlаq jahon chempioni va hozirda WBA yo‘nalishida kamar sohibi Terens Krouford birinchilikni egallab turibdi.
Tim Tszyuni dahshatli nakautga uchratgan Baxram Murtazaliyev esa kuchli uchlikka yakun yasab bergan. Bahram IBF yo‘nalishi chempioni hisoblanadi.
“The Ring” reytingiga ko‘ra, 69 kilogramm vazn toifasidagi dunyoning eng kuchli 10 nafar bokschisi bilan tanishing:
1. Terenc Krouford (AQSH);
2. Isroil Madrimov (O‘zbekiston);
3. Baxram Murtazaliyev (Rossiya);
4. Sebastyan Fundora (AQSH);
5. Virjil Ortis (AQSH);
6. Sergey Bogachuk (Ukraina);
7. Tim Szyu (Avstraliya);
8. Xesus Ramos (AQSH);
9. Charlz Konuyell (AQSH);
10. Brayan Mendoza (AQSH).
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov oxirgi jangini shu yilning 3-avgust kuni Terens Kroufordga qarshi o‘tkazib, hakamlarning bahsli qarori natijasida imkoniyatni boy berdi. Madrimov keyingi jangini ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi o‘tkazadi. Jang 18-dekabrga belgilangan Usik-Fyuri kardining co-main evant'i hisoblаnadi.