So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ombudsmanga prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi beriladi
Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonun ma’qullandi. Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 17 sentyabr kuni qabul qilingandi.
Mazkur qonun yangilangan konstitutsiyaga mos ravishda mamlakatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni to‘laqonli ta’minlash va kuchaytirishni nazarda tutuvchi bir qator o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan.
Xususan, ombudsmanga O‘zbekiston prezidentiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi beriladi. Maxsus ma’ruza insonning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha xulosa yoki takliflardan iborat bo‘ladi.
Qonun bilan ombudsmanning qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi joriy etilmoqda. Shuningdek, ombudsman va uning o‘rinbosari vakolatlari, daxlsizligining qo‘shimcha kafolatlari ham joriy etilib, ularga yuklatilgan vazifalarning muammosiz va samarali bajarilishi qonunda mustahkamlanmoqda.
Qonunda saylanish kuni 30 yoshga to‘lgan, kamida 5 yil O‘zbekistonda muqim yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi ombudsman lavozimiga saylanishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari hududida “Ombudsman qutisi” tushunchasi kiritilib, unga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar murojaat qilishining huquqiy mexanizmi belgilanmoqda.