So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin puli undirib berildi
2024 yilning 9 oyi davomida Raqobat qo‘mitasiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatayotgan aviakompaniyalarga e’tirozlar bildirilgan 200 dan ortiq iste’molchidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida, iste’molchilar foydasiga 195 million so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

Raqobat qo‘mitasiga 2024 yilning 9 oyida foydalanilmagan aviachipta pulini qaytarmaslik, yo‘lovchilarga parvozlar kechiktirilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazmaslik, shikastlangan bagaj uchun yuk qiymatini to‘liq qoplab bermaslik va parvozlar vaqtida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning talab darajasida emasligi yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatayotgan aviakompaniyalarga e’tirozlar bildirilgan 200 dan ortiq iste’molchidan murojaatlar kelib tushgan.
Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida, iste’molchilar foydasiga 195 million so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Sh.dan kelib tushgan murojaat Air Samarqand aviakompaniyasi tomonidan yuzaga kelgan muammo bilan bog‘liq. Fuqaro oilasi bilan Vetnam davlatiga uchish va qaytish uchun aviachiptalarni xarid qilgan. Bulardan ikkita aviachipta biznes klass toifasiga taalluqli bo‘lib, parvoz vaqtida unga taklif qilingan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilmagan.
Qo‘mita tomonidan mazkur murojaat o‘rganib chiqilganida ushbu aviakompaniya haqiqatan ham parvoz vaqtida iste’molchiga yetarli darajada xizmat ko‘rsatmagani aniqlandi va aviakompaniya tomonidan 10 million 160 ming so‘m pul fuqaroga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro N.S. o‘z murojaatida O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasining rasmiy veb-sayti orqali Turkiya davlatiga borib-qaytish uchun Toshkent-Istanbul va Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha jami 21 573 624 so‘mga oilasi uchun aviachipta sotib olgani, ammo aviakompaniyaning aybi bilan parvozdan qolib ketishganini bildirgan.
Qo‘mitaning olib borgan o‘rganishlarida, fuqaro N.S. farzandlariga tegishli pasportlarning amal qilish muddati 2024 yil oktyabr oyigacha bo‘lganligi, Turkiya davlati qonunchiliga ko‘ra, chet el fuqarosi davlatga kirganda pasportning amal qilish muddati kamida 150 kun bo‘lishi kerakligi, fuqaro rasmiy veb-sayt orqali aviachiptani xarid qilish vaqtida tizimga pasport ma’lumotlari va unga amal qilish muddati kiritilganligi, tizim pasport muddati Turkiya davlati talabiga to‘g‘ri kelmasligini bilgan holda ogohlantirishsiz aviachipta sotganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlar natijasida, rasmiy veb-saytning elektron chipta xarid qilish vaqtida iste’molchi tanishishi kerak bo‘lgan tegishli ma’lumotlar kiritildi va “Uzbekiston Airways” AJ tomonidan aviachiptaga to‘langan 21 573 624 so‘m pul mablag‘i iste’molchiga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.



