So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Tadbirkorlardan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotlarni talab qilganlik uchun javobgarlik belgilandi
Prezident tomonidan 21 oktyabrda imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘zgartirish kiritildi.

Qonunga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan o‘zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag‘ini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona ro‘yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Endilikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-10-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlaridan qonunchilikda nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek o‘zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag‘ini ochishda ortiqcha hujjatlarni talab qilib olish, xuddi shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (7,5 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 40 baravaridan 60 baravarigacha (15 mln so‘mdan 22,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2024 yil 16 iyulda qabul qilinib, Senat tomonidan 21 sentyabrda ma’qullangan bo‘lib, davlat organlarining hisobotlarni talab qilib olish borasidagi mas’uliyatini oshirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.



