So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Asila Mirzayorova mas’ul lavozimda ish boshladi
Para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Agentlikning nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Maxsus vakili lavozimida ish boshladi.
Kuni kecha Ijtimoiy himoya milliy agentligida bo‘lib o‘tgan tadbirda para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Agentlikning nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Maxsus vakili sifatida tanishtirildi.
«Agentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya chempioni qizimiz kelib qo‘shildi. Biz Asila bilan Parijda birga ishlashni niyat qilgan edik. Bugun shu niyatimiz amalga oshdi: Asila Mirzayorova Agentlik Maxsus vakili bo‘ldi. Agentlik oilasiga xush kelibsiz Asila! Asila juda kuchli va aqlli qiz. Asila Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Asila kabi chempion qizlarimiz bor. Men ishonaman: biz yanada kuchli bo‘ldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!» – dedi Shahnoza Mirziyoyeva.
Tadbirda so‘zga chiqqan paralimpiyada chempioni bildirilayotgan yuksak ishonch uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, agentlik maxsus vakili bo‘lishga rozi bo‘lganining sababini quyidagicha izohladi:
«Men uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil sifatida ish boshlash katta sharaf va mas’uliyat. Bu vazifa menga nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlarini himoya qilish va teng imkoniyatlar yaratishga o‘z hissamni qo‘shish imkoniyatini beradi. Paralimpiya sportchisi sifatida men jismoniy va ijtimoiy to‘siqlarni qanday yengishni bilaman va har bir inson jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lishi kerak, deb ishonaman» — deya ta’kidladi paralimpiyada chempioni.
O‘z o‘rnida Asila Mirzayorova, maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, inklyuziv muhit yaratishda o‘z hissasini qo‘shishidan mamnunligini alohida qayd etdi.