So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Musiqa maktablari joylarda tayanch maktabi sifatida ish olib boradi
“Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilish muhimligi aytildi.

Yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashda madaniyat va san’at beqiyos ahamiyatga ega. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida ma’lum qilindi.
Madaniyat va san’at bilan oshno bo‘lgan o‘quvchilar ezgulikning kuchini chuqur his etadi, ularda o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi.
Shu munosabat bilan musiqa o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish, madaniyat va san’at tizimidagi oliygohlarda umumta’lim maktablari uchun musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.
“Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilish muhimligi aytildi.
Bu jamoalarga musiqa o‘qituvchilari rahbarlik qiladi. Musiqa maktablari esa joylarda tayanch maktabi sifatida ish olib boradi.
Prezidentimiz yana bir muhim masalaga e’tibor qaratdi:
“Siz, hurmatli ustozlar maktab o‘quvchilaridan “Men qanday kasb egasi bo‘lmoqchiman?” degan mavzuda insholar, yozma ishlar olasizlar. Lekin, o‘quvchilar yozgan ana shu ishlar tahlili bilan kimdir shug‘ullanyaptimi?
Respublika va viloyat kesimida farzandlarimiz qaysi kasblarni eng ko‘p tanlashmoqda?
Eng muhimi, bolalarimiz tanlayotgan kasblarga kelajakda mehnat bozorida talab bo‘ladimi o‘zi?”
Bolalarning yozma ishlarini chuqur tahlil qilib, ularning orzu va intilishlarini aniqlab, mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish asosiy vazifa bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularda insholar, yozma ishlar tanlovlarini o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yish va ularning tahlili bo‘yicha yangi tizim yaratish topshirildi.
Davlatimiz rahbari o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyati doimo e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidladi.
O‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularga kitobxonlik madaniyatini singdirish uchun alohida tanlov o‘tkazib, g‘olib bo‘lgan yoshlarga avtomobil sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Mutasaddilarga bu ishlarni yanada ommalashtirish va kerak bo‘lsa, eng olis qishloqdagi maktablarga ham yetkazish topshirildi.
Buning uchun maktablardagi ma’naviyat xonasi va kutubxonasi zarur texnika va optik tolali Internet tarmog‘i bilan ta’minlanadi, barcha maktablarning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishi tashkil etiladi.



