So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Humo ishlamayapti, Payme ilovasiga esa kirishning imkoni yoʻq
Oʻzbekistonda Humo toʻlov tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Shu bilan birga Payme ilovasiga kirishning imkoni boʻlmayapti.

Humo servisi bu borada 14-dekabr kuni ogohlantirgan. Ammo kompaniya bayonotida nosozliklar 18-dekabr kuni 23:00gacha davom etishi aytilgan boʻlib, vaholanki bu vaqtda ham tizimdagi nosozliklar bartaraf etilmagan. Eʼtibor uchun: bugun 19-dekabr.
“2022-yil 17-dekabr (shanba) kuni soat 22:00 dan 18-dekabr (yakshanba) soat 23:00 gacha MBPM protsessing tizimida xizmatlarni takomillashtirish va yangilash boʻyicha ishlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Profilaktik ishlar davomida bank ABT tizimi yordamida plastik kartalarni emissiya qilish, ABT tizim yordamida kartaga mablagʻ tushirish va kartaning monitoring xizmatida uzilishlar boʻlishi mumkin. Terminal, mobil ilovalar va bankomatlar ishlashni davom ettiradi”, deyiladi Humo servisining ogohlantirishida.
Shuningdek, kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun mijozlaridan uzr soʻragan. Maʼlumot oʻrnida, bunday holat Humo toʻlov tizimi bilan birinchi marta sodir boʻlayotgani yoʻq, aksar hollarda mijozlar tizimning ish faoliyatidagi beqarorligidan ham boshqa tizim plastik kartalarini ishlatishni afzal koʻradi.



