So`ngi yangiliklar
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
2026 yildan savdo va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun yagona QR-kodli to‘lov tizimi majburiy bo‘ladi
Naqdsiz to‘lovlar majburiy tartibda kengaytiriladi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyati rasman tartibga solindi
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Turkiya bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda
Joriy yilning 12-sentyabr kuni Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Turkiya delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi Davlat rahbarining joriy yil 6-7-iyun kunlari ushbu mamlakatga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Taʼkidlanishicha, tadbir jarayonida, tomonlar ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklarining oʻzaro aloqalari kengayib, transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tizimli hamkorligi yangi bosqichga koʻtarilgani, bu jarayonda vazirliklar oʻrtasida axborot va oʻzaro tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish hamda ikki tomonlama tashriflar jadal amalga oshirilayotgani eʼtirof etilgan.
Shuningdek, ikki vazirlik oʻrtasida professional kadrlarni tayyorlash borasida ham yaqin aloqalar oʻrnatilgan. Bunga, 2018-yilda Turkiya Politsiyasi akademiyasi hamda 2022-yilda Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasining Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilan imzolangan memorandumlari yaqqol misol boʻla oladi, deya taʼriflaydi vazirlik.
Oʻzaro kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida, bugungi kunda, Turkiya huquqni muhofaza qilish idoralari oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari Oʻzbekistonda soha kursantlarini tayyorlashda, shuningdek magistratura tinglovchilariga zamonaviy bilim berish jarayonlarida ham faol qatnashmoqda.
Hamkorlikning alohida yoʻnalishi kiberjinoyatchilikka qarshi samarali kurashish masalasida boʻlib, bu borada ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish hamda doimiy ravishda oʻzaro tajriba almashib borish muhim ekanligi taʼkidlangan.
Tadbirda tomonlar terrorizm va ekstremizm, odam savdosi, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi hamda boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va raqamli kriminalistika yoʻnalishida ichki ishlar organlari xodimlari uchun maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish, Vazirlik tarkibida yangi tashkil etilgan Kriminologiya tadqiqot instituti bilan Turkiyaning Ichki ishlar vazirligi va Jandarmeriyasiga qarashli ilmiy tadqiqot markazlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi muhim masalalarni muhokama qilingan.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish borasida istiqbolli vazifalar belgilab olingan. Oʻzbekistonga tashrif jarayonida turk hamkorlar Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida turistik obyektlarning xavfsizligini taʼminlash faoliyati bilan ham tanishishi kutilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir