So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Qirg‘iziston “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi
Qirg‘iziston sudining 2006 yil sentyabrdagi qarori bilan «Tolibon» mamlakatda terrorchilik harakati sifatida tan olingan edi.
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi 2 sentyabr kuni respublikada taqiqlangan tashkilotlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda “Tolibon” harakati o‘rin olmagan.
“Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonning “Tolibon” harakatini taqiqlangan guruhlar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi qarorini yuqori baholaydi va olqishlaydi. Qirg‘izistonning boshqa davlatlar harakatlari bilan uyg‘un holda qo‘ygan bu qadami, Afg‘onistonning ham mintaqaviy, ham xalqaro miqyosda ortib borayotgan siyosiy e’tirofini anglatadi. Shuningdek, u Afg‘oniston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etadi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Iyun oyida qo‘shni Qozog‘iston “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqargandi. Respublika rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev bunga “zamonaviy Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi va bu rejim uzoq muddatli omil” ekanini sabab qilib keltirgandi.
Rossiyada ham “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar qatoridan chiqarish muhokama qilinmoqda. Rossiya Adliya va Tashqi ishlar vazirliklari prezident Vladimir Putinga tegishli murojaatnoma yo‘llagan. Moskva “Tolibon” tomonidan inklyuziv hukumat o‘rnatishni talab qilib keladi. Mamlakatdagi barcha etnik guruhlar hamkorligidagi boshqaruv joriy etilishini rag‘batlantiradi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir