So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Qashqadaryo “DXX Kubogi”ni zabt etdi!
24-avgust kuni respublika boʻylab mahalla yoshlari oʻrtasida 251 mingdan ortiq oʻgʻil-qizlarni birlashtirgan, “Sogʻlom yoshlar – Yangi Oʻzbekiston kelajagi” shiori ostida oʻtkazilgan futbol va mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariyakunlandi.
Mazkur “Besh tashabbus olimpiada” loyihalari doirasida futbol va mini-futbol boʻyicha oʻtkazilayotgan “DXX Kubogi” musobaqalarida “5tashabbus.uz” platformasi orqali joriy yilda 689 ming nafar futbol ixlosmandlari ishtirok etish istagini bildirgan.
Respublika bosqichiga 14ta hududdan 3tadan, jami 42ta futbol jamoalari: qizlar va oʻgʻil bolalar oʻrtasida mini-futbol hamda oʻgʻil bolalar oʻrtasida katta-futbol musobaqalari oʻtkazildi. Bunda futbol musobaqalari 4 bosqichda yaʼni sektor-tuman-hudud-respublika bosqichlarida tashkil etildi.
Respublika yakuniy final oʻyinlarida 6 ta viloyatning 9 ta futbol jamoalari 1-, 2-, 3-oʻrin gʻolibliklarni qoʻlga kiritdi.
Futbol va mini-futbol boʻyicha oʻtkazilayotgan “DXX Kubogi” musobaqasining tadqirlash marosimi 24-avgust kuni Toshkentdagi “JAR” sport majmuasida oʻtkazildi yakuniy final bosqichi va taqdirlash marosimida 8 ming nafardan ortiq futbol ixlosmandlari ishtirok etdi.
Shuningdek, taqdirlash marosimida oʻzbek sporti dargʻalari va boshqa bir qator nufuzli shaxslar tashrif buyurishdi.
“DXX KUBOGI” FINAL OʻYINLARI NATIJALARIGA KOʻRA:
Qizlar oʻrtasida Mini-futbol boʻyicha:
1-oʻrin - “QARSHI” jamoasi (Qashqadaryo v., Qarshi sh. 3-sektor);
2-oʻrin - “CHINOZ” jamoasi (Toshkent v., Chinoz tum. 3-sektor) ;
3-oʻrin - “ARNASOY-W” jamoasi (Jizzax v., Arnasoy tum. 2-sektor).
Oʻgʻil bolalar oʻrtasida Mini-futbol boʻyicha:
1-oʻrin - “YANGI-AVLOD” jamoasi (Qashqadaryo v., Qamashi tum. 4-sektor);
2-oʻrin - “DAMBOGʻ” jamoasi (Namangan v., Namangan sh. 4-sektor);
3-oʻrin - “JOʻRABOD” jamoasi (Buxoro v., Shofirkon tum. 3-sektor).
Katta-futbol boʻyicha:
1-oʻrin - “ARABXONA” jamoasi (Qashqadaryo viloyati, Koson tumani);
2-oʻrin - “OQOVUL” jamoasi (Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani);
3-oʻrin - “POLOSON” jamoasi (Andijon viloyati, Andijon tumani).
Respublika bosqichida oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol va mini-futbol boʻyicha gʻolib boʻlgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-oʻrinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol oʻyinlari uchun moʻljallangan), 3-oʻrinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli koʻcha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari barcha gʻolib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, sport kiyimlari va noutbuk topshirildi.